
Dzyudo. O‘rozboev tatamiga chiqmadi, Nurillaev esa...
Bugun erkaklar o‘rtasidagi bahslarda -60 kg vazn toifasida g‘olib va sovrindorlar aniqlandi. Bu haqda O‘zbekiston Dzyudo Federatsiyasi matbuot xizmati xabar bermoqda.
Hal qiluvchi final uchrashuvida mo‘g‘ulistonlik Unubold Lagvayamts yaponiyalik Yuma Oshimani mag‘lubiyatga uchratib, oltin medalni qo‘lga kiritdi. Bu vazn toifasida rossiyalik Albert Oguzov va gollandiyalik Tornike Tskadoea bronza medaliga sazovor bo‘lishdi.
Xabar berganimizdek, ushbu vaznda ikki hamyurtimiz ham ishtirok etishi kerak edi. Afsuski, asosiy umidimiz bo‘lgan Diyorbek O‘razboev tatamiga chiqmadi. Uning birinchi davradagi raqibi chexiyalik David Pulkrabek kurashsiz keyingi bosqichga chiqdi.
Kemran Nurillaev esa ilk uchrashuvida turkiyalik Mixrach Akkusga yutqazib qo‘ydi.
Fikrlar