
Dzyuba faoliyatini "Neftchi" yoki "Qorabog‘"da davom ettirishi mumkin
Rossiya terma jamoasining sobiq hujumchisi Artyom Dzyuba faoliyatini Ozarbayjon chempionatida davom ettirishi mumkin. Bu haqda “Sport-Ekspress” nashri xabar tarqatmoqda.
Yuqoridagi manbaga ko‘ra, 33 yoshli futbolchi ayni damda Bokuga etib kelgan. U bu erda “Neftchi” yoki “Qorabog‘” klubi bilan muzokara olib borishi mumkin.
Hozirda 33 yoshli Dzyuba erkin agent maqomida va shu sababli boshqa klubga tekinga o‘tishi mumkin. Avvalroq, hujumchi turk klublari bilan muzokaralar olib borayotgani, biroq uning transferi hali amalga oshmagani haqida xabar berilgandi.
Fikrlar