
Due: "Bizning yana bir boshqa maqsadimiz bor"
PSJ hujumchisi Dezire Due Luis Enrike jamoasini engilmas deb ataydigan odamlarning fikrlariga munosabat bildirdi.
- Bu juda yaxshi. Bu bizning maydonda ulkan ishlar qilayotganimiz va muxlislarimizni xursand qilayotganimizni anglatadi. Bizning yana bir maqsadimiz bor - o‘z futbolimiz orqali PSJga muxlislik qiladiganlarning safini ko‘paytirish. Bu ajoyib, - deya Duening so‘zlarini keltiradi FIFA matbuot xizmati.
13 iyul kuni klublar o‘rtasidagi Jahon chempionati finalida PSJ "Chelsi"ga qarshi o‘ynaydi. Enrike jamoasi mavsumdagi beshinchi sovrinni qo‘lga kiritishi mumkin - avvalroq parijliklar Chempionlar ligasi, Frantsiya chempionati, Frantsiya kubogi va Frantsiya Superkubogini qo‘lga kiritgandi.
Fikrlar