
Dramatik o‘tgan bahsda O‘zbekiston J.Koreyaga penaltilar seriyasida mag‘lub bo‘ldi (Videosharh)
Xabaringiz bor, ayni kunlarda Xitoyda U20 Osiyo kubogi bo‘lib o‘tmoqda. Biroz avval chorak final doirasidagi Koreya Respublikasi - O‘zbekiston o‘rtasidagi bahs yakunlandi.
Asilbek Jumaev hisobni ochgan bo‘lsa, koreyslar Shin Minha (dubl) va Kim Tayvonning gollari evaziga oldinga chiqib oldi - 3:1. 90-daqiqada O‘rinboev hisobni qisqartirgan bo‘lsa, o‘yin tugashiga 3 soniya qolganda Abdug‘ofur Haydarov gol urib, oradagi farqni yo‘qqa chiqardi.
Shu tariqa, ekstra-taymlarga o‘tildi. Qo‘shimcha bo‘limlarda ham raqib aniqlanmagach, penaltilar seriyasiga murojaat qilindi. Seriyada esa Koreya g‘alaba qozondi va Jahon chempionati yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.
Quyida ushbu bellashuv videosharhini tomosha qilishingiz mumkin:
Fikrlar