
Doroteya Virer tarixga kirdi
Biroz avval xabar berganimizdek, biatlon bo‘yicha 2018/19 mavsum o‘z yakuniga etdi. Erkaklar o‘rtasida bu mavsum norvegiyalik Yoxannes Byo katta farq bilan umumiy hisobda peshqadamlik qilgan bo‘lsa, ayollar o‘rtasidagi bellashuvlarda intriga so‘nggi poygagacha saqlanib turdi.
Oxirgi mass-start poygasidan avval italiyalik ikki biatlonchi Doroteya Virer hamda Liza Vitotstsi katta billur globusni qo‘lga kiritish uchun da’vogar edi. E’tiborlisi, qaysi sportchi yuqori natija qayd etishidin qat’i nazar, bosh sovrinni qo‘lga kiritgan mavsumni birinchi o‘rinda yakunlagan ilk italiyalik biatlonchiga aylanar edi.
Yakunda Doroteya Virer hamyurtining natijasini yaxshilay oldi va mavsumning eng kuchli biatlonchisiga aylandi. Shu tariqa Doroteya mavsumni 940, Liza esa 882 ochko bilan yakunladi.
Foto: rus.delfi.ee
Fikrlar