
"Dinamo"ning "Akron"ga qarshi o‘yini bekor qilindi
"Dinamo" jamoasining Abu-Dabi yig‘ini doirasida "Akron"ga qarshi o‘yini o‘tkazilmaydigan bo‘ldi. Bu haqda klub matbuoti xabar berdi.
"Rossiya Premer-ligasi klubi "Dinamo" bilan 23 yanvarda o‘rtoqlik uchrashuvi o‘tkazish borasida rasmiy kelishuvga erishgandi. Ammo Rossiyaning Samara viloyati jamoasi uchrashuvga bir kun qolganda 22 yanvar kuni kechga yaqin "Dinamo" PFKga rasmiy xat yo‘llab, o‘rtoqlik uchrashuvini bekor qilishni so‘ragan.
"Keltirilgan noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz», - deya yoziladi "Akron" FKning "Dinamo" rahbariyatiga yo‘llagan rasmiy xatida. Shu tariqa, "Dinamo"ning bugungi o‘rtoqlik o‘yini o‘tkazilmaydigan bo‘ldi", - deyiladi xabarda.
Fikrlar