"Dinamo" to‘purari terma jamoasi safida Bahraynga qarshi maydonga tushdi

  • 13 oktabr, 2023, 16:15
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Dinamo" klubi hujumchisi Kojo Joel Qirg‘iziston milliy jamoasi safida maydonga tushdi.

Tecno

O‘rtoqlik o‘yinida Kojo Joel Bahraynga qarshi asosiy tarkibda maydonga tushdi. O‘yinda bahraynliklar 2:0 hisobida zafar quchdi. Ushbu bahsdan keyin Qirg‘iziston milliy jamoasi Saudiya Arabistoniga etib borgan. Bu erda 15 oktyabr kuni Filippinga qarshi o‘rtoqlik o‘yini o‘tkaziladi.

"Dinamo" to‘purari "G‘ijduvon"ga qarshi o‘yinni o‘tkazib yuboradi va O‘zbekiston kubogi yarimfinali doirasidagi "Nasaf"ga qarshi o‘yin oldidan jamoa safiga kelib qo‘shiladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!