
"Dinamo" Qirg‘izistondagi o‘rtoqlik uchrashuvida yirik hisobda g‘alaba qozondi
«Dinamo» jamoasi Superliga 2-davrasiga tayyorgarlik doirasida Qirg‘izistonda o‘tkazayotgan yig‘inda dastlabki o‘rtoqlik uchrashuvida maydonga tushdi.
Issiqko‘ldagi bahsda Vadim Abramov shogirdlari Qirg‘iziston chempionati vakili «OshMU Aldier» jamoasiga qarshi saf tortdi. O‘yindagi dastlabki gol jamoada ko‘rikda bo‘lgan Sherzod Qodirovning uzatmasidan keyin Iminov tomonidan kiritilgan bo‘lsa, ko‘p o‘tmay Abdullaevning uzatmasini Shoahmedov golga aylantirdi. 37-daqiqada esa Shoahmedovning pasidan keyin Sherzod Qodirov hisobni yiriklashtirdi – 3:0.
Ikkinchi bo‘limda tarkib to‘liq o‘zgardi, faqatgina Kojo maydonda qoldirildi. 50-daqiqada Xalilovning uzatmasini Hojimirzaev golga aylantirgan bo‘lsa, 78-daqiqada jamoala ko‘rikda bo‘lgan braziliyalik yarim himoyachi da Silva gol muallifiga aylandi. O‘shliklar 53 va 90-daqiqada gol urishdi, yakuniy hisob – 5:2.
«Dinamo»ning qo‘shni mamlakatdagi yig‘ini 22 iyulgacha davom etadi.
O‘rtoqlik uchrashuvi. Issiqko‘l.
17 iyul (chorshanba)
«OshMU Aldier» (Qirg‘iziston) – «Dinamo» - 2:5
Gollar: Humoyunmirzo Iminov 9, Sanjar Shoahmedov 12, Sherzod Qodirov 37, Anvarjon Hojimirzaev 50, Da Silva 78 – 53, 90.
«Dinamo» (1-bo‘lim): Ravshanbek Yagudin, Muhammadali Tursunov, Dushan Miyich, Salim Mustafoev, Ulug‘bek Abdullaev, Ratino Ferreyra, Abubakr Muydinov, Humoyunmirzo Iminov, Sanjar Shoahmedov, Sherzod Qodirov, Kojo Joel.
«Dinamo» (2-bo‘lim): Farhod Rahmatov, Vladimir Kozak, Ismoil, Vohidjon Oqbo‘taev, Xislat Xalilov, Komil Sharofutdinov, Frantsis Narx, Damir Temirov, Da Silva, Anvarjon Hojimirzaev, Kojo Joel.
"Dinamo" matbuot xizmati.
Fikrlar