
"Dinamo" o‘z uyida "G‘ijduvon" darvozasiga javobsiz 4 ta gol kiritib, Superliga yo‘llanamasini qo‘lga kiritdi
Pro liga 21-turidan o‘rin olgan "Dinamo" - "G‘ijduvon" bahsi yakunlandi. Uchrashuv samarqandliklarning 2:0 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi.
Dastlab, Dilshod Rahmatullaev, 39 daqiqada hisobni ochgan bo‘lsa, asosiy vaqtning so‘ngida Hazratjon Tursunqulov oradagi farqni ikkitaga oshirdi. Qo‘shib berilgan daqiqalarda Dilshod Rahmatullaev dublni rasmiylashtirdi. Bu hammasi emas edi. Derrik Ediya Mensa 90+5 daqiqada hisobni 4:0ga keltirib qo‘ydi.
Shu tariqa, Abramov shogirdlari keyingi mavsum Superligada o‘ynaydigan bo‘ldi.
Fikrlar