
"Dinamo" oxirgi marta Superligada qachon g‘alaba qozongan edi?
O‘zbekiston Superliasining 25-turidan o‘rin olgan "Surxon" va "Dinamo" jamoalari o‘rtasidagi o‘yin bo‘lib o‘tdi. Mazkur bahsda samarqandliklar sensatsion tarzda 4:1 hisobida g‘alaba qozondi.
Shu tariqa, "Dinamo" 196 kunlik g‘alabasiz seriyaga nuqta qo‘ydi. Jamoa so‘nggi bor 25 aprel kuni “Lokomotiv”dan 3:1 hisobida ustun kelgandi.
Ma’lumot uchun, "uchar sherlar" ayni damda 12 ochko bilan 14-o‘rinda bormoqda. Klub allaqachon Pro-Ligaga tushib ketgan.
Fikrlar