"Dinamo" o‘rtoqlik o‘yinida yutdi. Braziliyalik legionerga javob berildi, afrikalik esa hamon ko‘rikda

  • 19 iyul, 2024, 22:42
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

«Dinamo» jamoasi Superliga 2-davrasiga tayyorgarlik doirasida Qirg‘izistonda o‘tkazayotgan yig‘inda ikkinchi o‘rtoqlik uchrashuvida maydonga tushdi.

Tecno

Issiqko‘ldagi navbatdagi bahsda ham Vadim Abramov shogirdlari Qirg‘iziston chempionati vakili «OshMU Aldier» jamoasiga qarshi saf tortdi. O‘yinda Kojo Joel tomonidan kiritilgan yagona gol «Dinamo»ga g‘alaba keltirdi.

«Dinamo»da ko‘rikda bo‘lgan braziliyalik vinger Lukas Da Silvaga javob berildi. Afrikalik himoyachi Ismoil Sanogo esa murabbiylar ko‘rigida ishtirok etmoqda.

«Dinamo»ning qo‘shni mamlakatdagi yig‘ini 22 iyulgacha davom etadi.

O‘rtoqlik uchrashuvi. Issiqko‘l.
19 iyul (juma)
«OshMU Aldier» (Qirg‘iziston) – «Dinamo» - 0:1
Gol: Kojo Joel, 44. 
«Dinamo»: R.Yagudin (F.Rahmatov), D.Miyich, S.Mustafoev, Ismoil Sanogo (Muhammadali Tursunov), U.Abdullaev (Sherzod Qodirov), F.Narx (V.Oqbo‘taev), A.Muydinov (X.Xalilov), H.Iminov, S.Shoahmedov (D.Temirov), A.Hojimirzaev (K.Sharofutdinov), K.Joel. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!