
"Dinamo" o‘rtoqlik o‘yinida mag‘lub bo‘ldi
BAA yig‘inidan qaytgan "Dinamo" qisqa tanaffusdan so‘ng Toshkentda yig‘inga kirishdi.
Bugun Vadim Abramov boshchiligidagi samarqandliklar Toshkentda "Lokomotiv"ga qarshi nazorat o‘yinida maydonga tushdi.
Ushbu bahsda ham murabbiylar shtabi bir qator o‘yinchilarni sinovdan o‘tkazishdi.
O‘yin esa 2:0 hisobida "Lokomotiv"ning foydasiga hal bo‘ldi, Gollarga Muhriddin Zoirov (18) va Shodiyor Shodiboev (83) mualliflik qilishdi.
"Lokomotiv": Rahimjon Davronov, Vladimir Kozak, Nikola Popovich, Levan Arveladze, Muhriddin Zoirov, Akaki Shulaya, Jasur Hakimov, Abdulloh Yo‘ldoshev, Davron Hoshimov, Anzur Ismoilov, Momchilo Rasho.
"Dinamo": Sarvar Karimov, Oleksandr Kucherenko, Ulug‘bek Abdullaev, Maqsudxo‘ja A’loxo‘jaev, Jaloliddin Jumaboev, Ratino, Duglas Maykon, Marko Stanoevich, Sanjar Qodirqulov, Mirjahon Mirahmadov, Firdavs Abdurahmonov
Zaxiradan maydonga tushganlar: Edem Nemanov, Vohidjon Oqbo‘taev, Xislat Xalilov, Anvarjon Hojimirzaev.
Fikrlar