"Dinamo" nazorat o‘yinida yirik hisobda g‘alaba qozondi

  • 8 yanvar, 2024, 13:58
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Superliga yangi mavsumiga tayyorgarlik doirasida "Dinamo" Toshkentda "Lokomotiv" yoshlari bilan nazorat uchrashuvi o‘tkazdi.

Tecno

O‘yinda himoyachi Dushan Miyich hisobni ochgan bo‘lsa, 2-bo‘limda ko‘rikda bo‘lgan kamerunlik yarimhimoyachi Emmanuel farqni ikkitaga etkazdi – 2:0.

Ko‘p o‘tmay, Narx kuchli zarbasi bilan to‘qqizlikni nishonga olgan bo‘lsa, 4-golga Anvar Hojimirzaev mualliflik qildi – 4:0.

Navbatdagi bahs ham bugun soat 15:00da "Olimpiya"ga qarshi o‘tkaziladi.

Gollar: Dushan Miyich 21, Emmanuel 53, Frantsis Narx 60, Anvar Hojimirzaev 76.
"Dinamo": Farhod Rahmatov, Dushan Miyich, Anton Tolordava, Salim Mustafoev, Ulug‘bek Abdullaev, Dilshod Rahmatullaev, Abubakr Muydinov, Damir Temirov, Emmanuel, Humoyunmirzo Eminov, Yagr.
Zaxiradan maydonga tushganlar: Ravshan Yagudin, Akbar Ismatullaev, Anvar Fayzullaev, Kamron Najafaliev, Javlon Malikov, Frantsis Narx, Anvar Hojimirzaev.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!