
"Dinamo" hujumchilaridan biri yangi mavsumni Qarshida boshlashi mumkin!
Superligada joriy mavsum yakunlanishiga to‘rtta tur qoldi. Jamoalar keyingi mavsum uchun rejalarni tuzishni boshlab yubordi.
Sports.uz saytiga ma’lum bo‘lishicha, "Dinamo" hujumchilari Joel Kojo va Anvar Xojimirzaev qishda ko‘plab Superliga klublari e’tibor markazida bo‘ladi.
Bizdagi ma’lumotlarga qaraganda, "Nasaf" jamoani mavsum oxirida tark etadigan legioner (Viktor Da Silva yoki Yuel) o‘rniga Samarqand klubi xujumchilaridan birini o‘z safiga qo‘shib olmoqchi.
"Dinamo" xam forvardarni ushlab qolish uchun qo‘ldan kelganini qiladi.
Fikrlar