
"Dinamo" "Bunyodkor" yoshlari darvozasiga 10 ta to‘p kiritdi, yosh hujumchi Saitmurodov 6 ta gol urdi!
«Dinamo» jamoasi Qirg‘izistondagi yig‘in doirasidagi dastlabki nazorat bahsini o‘tkazdi. Unda samarqandliklar "Bunyodkor" yoshlar jamoasiga (U-18) qarshi maydonga tushdi. Uchrashuvda Vadim Abramov legionerlar va tajribali o‘yinchilarni emas, asosan yosh tarkibni sinovdan o‘tkazdi.
O‘yinda "arslonlar" yosh "qaldirg‘ochlar"ni o‘ta yirik hisobda mag‘lub etdi – 10:1. Shu kuni samarqandlik yosh hujumchi Elnur Saitmurodov 6 ta golga mualliflik qilgan bo‘lsa, Valeriy Akopov, Javlon Malikov hamda ko‘rikda bo‘lgan Abubakir Mo‘ydinov va Vladimir Kozak hisobiga gol yozib qo‘ydi.
"Dinamo" jamoasining asosiy tarkib o‘yinchilari ham bugun o‘yin o‘tkazadi. Unda Qirg‘iz Respublikasi chempionati vakili "OshMU-Aldier" raqiblik qiladi.
Fikrlar