"Dinamo" bosh murabbiysiz o‘rtoqlik o‘yinida g‘alaba qozondi

  • 19 iyun, 2020, 12:28
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Pro-liga yangi mavsumiga tayyorgarlik ko‘rayotgan Samarqandning «Dinamo» jamoasi chempionat starti oldidan o‘rtoqlik uchrashuvida maydonga tushdi, - bu haqda klub matbuot xizmati xabar bermoqda.

Tecno

Pro-liganing yana bir vakili Jahongir Jiyamurodov boshchiligidagi «Zomin» jamoasi «Dinamo» klubi mehmoni bo‘ldi.

Uchrashuv o‘rtoqlik o‘yini maqomida bo‘lsa-da, o‘yin qiziqarli va jangovar ruhda o‘tdi. Masalan, 17-daqiqada «Dinamo» yarim himoyachisi Shohrux Abdurahmonov yakkama-yakka vaziyatda chiqib, chiroyli zarba bilan hisobni ochdi – 1:0.

32-daqiqada esa bir daqiqa oldin zaxiradan maydonga tushgan Jonibek Ko‘chimov ham darvozabon bilan yakkama-yakka holatda qolib, hisobni tenglashtirdi – 1:1.

55-daqiqada esa mehmonlar standart vaziyatdan keyin Shohjahon Abbosovning goli evaziga hisobda oldinga chiqib olishdi – 1:2.

75-daqiqa esa qanotdan uzatilgan to‘pni himoyachi Jasur O‘rinov raqib darvozasiga joylab qo‘ydi – 2:2

O‘yin yakuniga qadar hujumkorlikni tushirmagan «dinamochilar» 90-daqiqada o‘z niyatlariga etishishdi. Jamoa sardori Jasur Azimov tomonidan jarima maydoni tashqarisidan yo‘llangan kuchli zarba raqib darvozasining «to‘qqizligi»dan o‘rin oldi – 3:2.

Ma’lumot uchun, «Dinamo» jamoasi O‘zbekiston kubogi saralash bosqichi doirasida 23 iyun kuni Farg‘onada «Istiqlol» jamoasiga qarshi maydonga tushadi.

Hozirda “Dinamo”ga rasman bosh murabbiy tayinlangani yo‘q. Yaqinda jamoa boshlig‘i sifatida ish boshlagan Uchqun Qobilov futbolchilarni shug‘ullantirib kelmoqda.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!