
"Dijon" Liga 1 dagi o‘rnini saqlab qoldi
“Dijon” klubi Liga 1 yo‘llanmasi uchun “Lans”ga qarshi bo‘lib o‘tgan javob uchrashuvida g‘alaba qozondi va o‘zining kuchlilar safidagi o‘rnini saqlab qoldi.
Ushbu jamoalar o‘rtasidagi dastlabki bahs 1:1 hisobida yakunlangan bo‘lsada, javob bahsida “Dijon” 3:1 hisobida g‘alaba qozondi.
Eslatib o‘tamiz, "Dijon" o‘tgan mavsum Liga 1 da 18-o‘rinni egallagan edi.
"Dijon" - "Lans" 3:1
Gollar: Sliti, 28 - 1:0, Dyuvern, 39 - 1:1, Said, 70 - 2:1, Sliti, 90 - 3:1
"Dijon": Allen, Lotoa (Mare, 46), Alfons, Yambere, Xaddadi, Kulibali, Balmon (Janno, 67), Amalfitano, Sliti, Said, Kaba (Abed, 86).
"Lans": Vashu, Fortesh, Taxrat, Mendi, Dyuvern, Jiye, Bellgard (Meslub, 46), Dukure, Ambroz (Banza, 65), Gomis, Shuyar (Ke, 78).
Ogohlantirishlar: Dukure (51).
Fikrlar