
Diego Kosta faoliyatini Braziliyada davom ettirishi mumkin
Braziliyaning "Flamengo" klubi "Atletiko" Madrid hujumchisi Diego Kostaning xizmatlariga jiddiy qiziqish bildira boshladi. Bu haqda ESPN nashri xabar tarqatmoqda.
Yuqoridagi manbaaning yozishicha ular 30 yoshli asli braziliyalik bo‘lgan futbolchi uchun 13 mln evro taklif qilishmoqda. Biroq, transferga Kostaning yuqori maoshi to‘sqinlik qilishi mumkin. Boisi, “Flamengo” unga yiliga 8,5 mln evro maosh to‘lay olmaydi.
Taqqoslash uchun, “Flamengo”ning eng ko‘p maosh oladigan futbolchisi - Gabriel Barboza Kostaning hozirgi maoshidan naqd 30 barobar kam haq oladi.
Ma’lumot uchun, Kosta o‘tgan mavsum “Atletiko” safida jami 21ta o‘yinda maydonga tushdi va 5ta gol hamda 3ta golli uzatmaga mualliflik qilishga erishdi. Uning klub bilan amaldagi shartnomasi 2021 yilga qadar imzolangan.
Fikrlar