Dibalaga APL grandlaridan qiziqish bo‘lmoqda

  • 6 iyul, 2023, 15:30
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Roma” hujumchisi Paulo Dibalada faoliyatini Angliya premer-ligasida davom ettirish varianti bor. "Corriere dello Sport" nashri xabariga ko‘ra, argentinalik futbolchining xizmatlariga "Manchester Yunayted" va "Tottenxem" klublari qiziqish bildirmoqda.

Tecno

Avvalroq OAVda Londonning "Chelsi" klubi Pauloni o‘z safiga qo‘shib olmoqchi ekanligi haqida xabarlar tarqalgan edi. Uning rimliklar bilan shartnomasidagi tovon puli 12 million evroni tashkil qiladi.

29 yoshli hujumchi va “bo‘rilar” o‘rtasidagi mehnat shartnomasi muddati 2025 yilning yoziga qadar amal qiladi. U o‘tgan yili Rimdan jamoaga kelib qo‘shilgandi.

O‘tgan mavsumda Dibala A Seriyada 25 ta o‘yinda maydonga tushib, 12 ta gol va 6 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!