
Dibala yangi "Lamborghini" sotib oldi (video)
"Yuventus" hujumchisi Paulo Dibala yangi “Lamborghini Aventador” avtomashinasini sotib oldi.
“Aventador”ni bir ko‘rishdayoq yoqtirib qolganman. Men ushbu mashinani sotib olishni bir necha yil davomida orzu qilib keldim va endi uning egasi bo‘lish baxtiga muyassar bo‘ldim”, - dedi argentinalik futbolchi.
Avtomobil sariq rangda. Ushbu model 2017 yilda paydo bo‘lgan va 4,5 dyuymli g‘ildiraklar, 6,5 litrli 12 tsilindrli dvigatel, etti bosqichli uzatmalar qutisi bilan jihozlangan. Avtomobilning maksimal tezligi soatiga 350 km. U atigi 2,9 soniyada 100 km tezlikka chiqadi.
27 yoshli Dibala joriy mavsum “Yuventus” safida jami 24 ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z hisobiga 5 ta gol yozdirib qo‘ydi.
Fikrlar