Dibala La Ligada to‘p surishi mumkin

  • 3 yanvar, 2021, 10:05
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Yuventus" hujumchisi Paulo Dibala mavsum so‘nggigacha turinliklar tarkibini tark etishi mumkin.

Tecno

Futbolchining "keksa sinora" bilan amaldagi shartnomasi 2022 yil yozida yakuniga etadi. Tomonlarning kelishuvni uzaytirish bo‘yicha o‘tkazgan muzokaralari samarasiz yakunlanmoqda.

La Gazzetta dello Sport nashri xabariga ko‘ra, argentinalik futbolchiga Ispaniya grandlari qiziqish bildirmoqda. Oldinroq, klub rahbariyati 27 yoshli hujumchi bilan muzokaralar davom etirilishini ma’lum qilgan edi.

Joriy mavsumda Dibala turinliklar safida barcha turnirlarda 13 ta o‘yinda 2 ta gol kiritdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!