
Di Mariya “El-klasiko”da Messiga: “Kechirasan, pakana”
“Real” sobiq futbolchisi Anxel di Mariya “qaymoqranglilar” safida “Barselona”ga qarshi o‘ynaganini esladi.
-Gvardiolaning “Barselona”sini yutish uchun ko‘p yugurish va ko‘p qo‘pollik ishlatish kerak edi. Men “Gnom”ning (Messi) jarohat olishidan qo‘rqar edim. Unga hech narsa bo‘lmasligini istar edim.
Ispaniya kubogi finalida juda ko‘p to‘qnashuvlarga boy bo‘lgan. O‘sha o‘yinda men Messiga qo‘pollik ishlatdim. Unga: “Kechirasan, pakana, agarda seni to‘xtatmaganimda, gol urar eding”,-dedim. Ularni engishni yagona yo‘li shu edi,-deb intervyu berdi argentinalik futbolchi Mundo Deportivoga.
Fikrlar