
Devis kubogi. Yaponiyani taslim qilgan terma jamoamiz 2023 yilda o‘tadigan keyingi davraga yo‘l oldi
“Devis kubogi” jahon saralash bochqichida Yaponiya vakillariga qarshi kortga chiqqan tennischilarimiz bugun barcha masalaga oydinlik qiritishdi. Kechagi bahsda kuchlar teng kelgan (1:1) bo‘lsa, bugun omad biz tomonda bo‘ldi.
S.Fayziev va D.Istomin juftligi yaponiyalik K.Uesugi va Y.Vatanukini 3:6, 7:6(3), 6:2 hisobida, Sergey Fomin esa Sho Shimabukuroni 7:6(1), 7:5 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi. Ikki kun davom etgan bahslar natijalariga ko‘ra, yakuniy hisob 3:1 ko‘rinishiga keldi.
O‘zbekiston 3 – 1 Yaponiya
Denis Istomin – Sho Shimabukuro 6:3, 6:7, 6:7
Sergey Fomin – Shintaro Mochizuki 7:6, 7:6
S.Fayziev / D.Istomin – K.Uesugi / Y.Vatanuki 3:6, 7:6(3), 6:2
Sergey Fomin – Sho Shimabukuro 7:6(1), 7:5
Shu tariqa terma jamoamiz 2023 yilda o‘tadigan keyingi davraga yo‘l oldi.
Fikrlar