Deraza ortida 2022 yil, Janob Baqoev!

  • 5 oktabr, 2022, 21:36
  • Yahyoxo’ja Ulug’xo’jayev
  • 3
  • Futbol
CHERY AUTO

Ulug‘bek Baqoevda ikkinchi reja yo‘q ekanligi bugun pand berdi. Xuddi ozi singari chuqur himoyalanadigan jamoaga qarshi “bo‘rilar” hech narsa qila olgani yo‘q. Murabbiy jamoasi 3 ta frontda kurashib charchab qolganini bahona qilmasligi kerak. Bu raqibga qarshi kuch emas, aql ishlatib to‘p surish kerak edi. Xullas, 30-yil avvalgi uslub bilan (agar buni uslub deb bo‘lsa) Malayziyani ham klubini yutib bo‘lmaydi. Uyg‘oning! Deraza ortida 2022 yil!

Tecno

120 daqiqa havodan tashlab berilgan uzatmalar bilan 6 ta himoyachi bilan o‘ynayotgan jamoa mudofaasini qanday yorib o‘tish mumkin? Mayli, 2 yo 3 ta sof hujumchi bilan harakatlanadigan jamoa bo‘lsa boshqa gap. Birgina Norxonovga shuncha uzatmadan ko‘ra, bitta aqlli pas bo‘lganida olam Guliston edi. Eh attang, “Sug‘diyona” qaysar o‘yin uslubi sababli o‘zidan 2 bosh past jamoadan engildi. Aslida, “Kuala Lumpur” aytarli o‘yin ham namoyish etgani yo‘q. Shunchaki, zo‘r himoyalandi. “Sug‘diyona” startda tanlagan ehtiyotkor taktikasidan pand edi. Hujumlarda rang-baranglik yo‘q. Jasur Hasanovdan boshqa birorta futbolchi to‘p bilan yurishga, o‘yinni o‘ziga olishga harakat qilmadi. Xuddi tizimlashtirilgan robotlar singari havodan uzatmalar yomg‘irini yog‘dirdi, pressingda ishlamadi. Raqibni erta kutib olgani yo‘q. Maydon markazidan, qanotdan, standart vaziyatlardan, burchakdan va yana boshqa joylardan uzoq masofaga berilgan uzatmalar baland bo‘yli raqib himoyachilari uchun chinakam sovg‘aga aylandi.

Agar maydon markazida pleymeykerlik qiladigan futbolchi tarkibda bo‘lmaganida, murabbiyni tushungan bo‘lar edim. Xislat Halilovdek top darajadagi ijrochisi bor “Sug‘diyona” nega o‘tmayotgan paslarga mahkam yopishib olgani tushunarsiz. Ha mayli, o‘yin unutiladi. Natijada tarixda qoladi. Mana shunisi yomon. Umid qilamanki, Ulug‘bek Baqoev bu tarixda qolgan natijani emas, o‘yinni eslab qoladi. Karerasida yana shunday muhim uchrashuvlar bo‘lishiga shubham yo‘q. Umid qilamanki, Baqoev uchun tarixda bu uslub katta o‘yinlarda umuman naf bermasligini anglashi bilan qolali.

Yahyoxo‘ja Ulug‘xo‘jaev

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Ffssdgg Vtrdfg
05/10/2022 21:44
Жаноб У.Бакоев хатонгиз дарвозабонди алмаштирганик бир дарвазобонди куйдингизки узини кутаролмайди палпанг номига ен бошгa юмалаб олади энди 2 калаларинг финалга таергарлик куринглар телевизор каршисида утириб мазза килиб куала-лумпур уйинини томоша килиш боскичи берилди сизларга айнан иккалангизга.
Aziz Yuldashev
05/10/2022 22:36
Берилган босқични ўқиб берсам атрофимдаги танишлар кулгудан тўхтамаяпти, қойил зўр фикр, оригинал
&
Shaymardonov Nurbek Nasimovich
05/10/2022 21:48
bu erga Sugdiyonani yoki Ulugbek Baqoevni aybi yuq. ayb chempionatimizni safiyasi tushib ketgani. chunki. Utkan yil Sugdiyona uzini maydoniga anti fudbol uynap kamandalarni yutdi. haloli bulsin. lekin usha anti fudbolga bardosh beradigan tayinli jamoa yuq bulganidan keyin Sugdiyona 2 urunni oldi. va. Nasaf 10 kishi bulib Pahtakorni soldi kubikni oldi. Sugdiyona OFK chiqdi. demoqchimanki. chempionat saviyasi paslegidan. hammasi.