Denisovning jamoadoshi Evropa ligasida hafta futbolchisi deb topildi

  • 16 fevral, 2018, 20:55
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Moskvaning “Lokomotiv” klubi forvardi Manuel Fernandesh UEFA Evropa ligasining joriy haftadagi eng yaxshi futbolchisi deb topildi.

Tecno

Unga ko‘ra 32 yoshli portugaliyalik futbolchi so‘rovnomada “Borussiya” Dortmund hujumchisi Mishi Batshuayi (11%) hamda “Arsenal” yarim himoyachisi Mesut O‘zillarni (10%) sezilarli farq bilan ortda qoldirdi.

Eslatib o‘tish lozimki, hamyurtimiz Vitaliy Denisov to‘p suradigan “Lokomotiv” Evropa ligasi 1/16 final bosqichi dastlabki bahsida safarda Frantsiyaning “Nitstsa” (3:2) klubini irodali tarzda mag‘lubiyatga uchratishga erishdi. Ushbu bahsda Fernandesh “temiryo‘lchilar”ning barcha uchchala goliga ham mualliflik qilgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!