
Denis Istomin tushlikdan so‘ng kortga chiqadi
Shveytsariyaning Gshtaad shahrida tennis bo‘yicha erkaklar o‘rtasida o‘tayotgan xalqaro turnirda mamlakatimizning birinchi raqamli tennischisi Denis Istomin muvaffaqiyatli ishtirok etmoqda.
Kuni kecha musobaqaning birinchi davrasida Denis mezbonlar vakili Mark-Andrea Xyuslerni 6:3, 7:6 hisobida mag‘lub etib, 1/8 final bosqichiga yo‘l olgan edi.
Bugun tennischimiz nimchorak finalida serbiyalik Dushan Layovichga qarshi kortg chiqadi. Mazkur o‘yin Toshkent vaqti bilan 15:00da boshlanadi.
Fikrlar