
Denis Istomin "Prezident kubogi" chorak finalida
Taniqlik o‘zbek tennischisi Denis Istomin Qozog‘istonning Nur-Sulton shahri mezbonlik qilayotgan "Chellenjer" turkumiga kiruvchi musobaqada ishtirok etmoqda.
Bugun vakilimiz yakkalik bahslarida ukrainalik Ilya Marchenko ustidan 6:4, 7:6 hisobida g‘alaba qozondi va kuchli sakkiztalikka kirdi. Endi Istomin yarim final chiptasi uchun mezbon tennischisi Beybit Jukaev bilan kuch sinashadi. Eslatib o‘tamiz, Beybit bir necha kun oldin ITF tasnifiga kiruvchi turnir bosh sovrini uchun o‘yinda Sergey Fominga imkoniyatni boy bergandi.
Denis xuddi shu musobaqaning juftlik bahslarida ham o‘z omadini sinab ko‘rgandi. Afsuski, Evgeniy Karlovskiy bilan tandem hosil qilgan vakilimizga Alibek Kachmazov va Evgeniy Donskiy dueti chiqish eshiklarini ko‘rsatib qo‘ydi.
Fikrlar