Denis Istomin AQShda g‘alaba qozondi

  • 10 iyul, 2019, 14:07
  • 0
  • Tennis
CHERY AUTO

Mamlakatimizning birinchi raqamli tennischisi Denis Istomin AQShda o‘tayotgan "Chelenjer" musobaqasini g‘alaba bilan boshladi.

Tecno

Denis turnirdagi ishtirokini ikkinchi davradan boshladi. Unga mazkur bosqichda turkiyalik Aziz Duaz qarshilik ko‘rsatdi. Uch set davom etgan o‘yinda tennischimiz 6:3, 3:6, 6:3 hisobida g‘alaba qozondi.

Endi turnirning 1/8 final bosqichida D.Istomin mezbonlar vakili Kollin Altamiranoga qarshi kortga chiqadi. Ushbu bahs Toshkent vaqti bilan ertaga tunda o‘tkaziladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!