
Dembele futbolchilik faoliyatini yakunladi!
Belgiya milliy terma jamoasi va Londonning "Tottenxem" klubi sobiq yarim himoyachisi Musa Dembele futbolchilik faoliyatini yakunladi.
34 yoshli havbekning so‘nggi klubi Xitoyning "Guanchjou Siti" jamoasi bo‘lgan edi. U xitoyliklar libosida 2019-2021 yillar oralig‘ida to‘p tepgan.
U Belgiya MTJ safida 82 uchrashuvda maydonga tushib, 5 bor raqiblari darvozasini ishg‘ol etgan. Umumiy karerasi mobaynida esa, 578 o‘yinda o‘z hisobiga 62 gol va 49 assistni yozdirib qo‘yishga muvaffaq bo‘lgan.
Dembele faoliyati davomida "Jerminal Beersxot", "Villem II", AZ, "Fulxem", "Tottenxem" va Guanchjou" klublari sharafini himoya qilgan.
Fikrlar