Dembele Frantsiyani rekordchiga aylantirdi
2025 yilgi “Oltin to‘p” sovrinini qo‘lga kiritgan “Pari Sen-Jermen” hujumchisi Usmon Dembele Frantsiya nomini futbol tarixiga yozdirib qo‘ydi.
Ushbu mamlakat futbolchilari eng ko‘p “Oltin to‘p” sohibi bo‘lgan davlatga aylandi. Dembele eng nufuzli individual sovrinni qo‘lga kiritgan frantsiyalik oltinchi o‘yinchi bo‘ldi.
Bungacha “Oltin to‘p”ga Raymon Kopa ( “Real Madrid”), Mishel Platini ( “Yuventus” uch marta), Jan-Per Papen (“Olimpik Marsel”), Zinedin Zidan (“Yuventus”) va Karim Benzema (“Real”) loyiq topilgan.
Shu tariqa, frantsiyalik futbolchilar “Oltin to‘p” olish bo‘yicha Italiya va Germaniyani ortda qoldirib, yangi rekord o‘rnatdi



Fikrlar