
Dembele Angliyaga ketadi
“Lion” hujumchisi Mussa Dembele yangi yilni yangi chempionatda boshlashga yaqin turibdi.
24 yoshli futbolchiga Angliya premer-ligasidan “Vest Xem” va Shotlandiya grandi “Seltik” jiddiy da’vogar bo‘lyapti. Har ikki jamoa qishki transferlar davrida frantsiyalik futbolchining olib kelinishiga erishmoqchi.
Ayniqsa, “Vest Xem” bu transferga katta e’tibor qaratmoqda. Inglizlar yaqin haftalar ichida “Lion”ni hujumchini qo‘yib yuborishga ko‘ndiradigan taklif tayyorlashni rejalashtirgan.
Fikrlar