
Delegatsiyamizning qishki olimpiada o‘yinlaridagi ishtirokiga bag‘ishlangan matbuot anjumani o‘tkazildi
Xabaringiz bor, 7-14 fevral kunlari Xitoyning Xarbin shahrida IX qishki Osiyo o‘yinlari bo‘lib o‘tadi. Bugun Milliy Olimpiya qo‘mitasida O‘zbekiston delegatsiyasining ushbu musobaqadagi ishtirokiga bag‘ishlangan matbuot anjumani tashkil etildi. Unda Sport vazirining o‘rinbosari Shahrullo Mahmudov, MOQ raisining o‘rinbosari, O‘zbekiston delegatsiyasisining musobaqadagi missiya rahbari Sherzod Tashmatov OAV vakillarining savollariga javob berishdi.
Tadbir avvalida Sh.Mahmudov hukumatimiz tomonidan terma jamoalarimizning bo‘lajak O‘yinlarga tayyorgarligi to‘la qo‘llab-quvvatlangani, musobaqa orqali Milan-Kortina-2026 qishki Olimpiya o‘yinlariga yo‘llanma olishi mumkin bo‘lgan sportchilarimizning imkoniyatlari ko‘zdan kechirilishini ta’kidladi. Shuningdek, Sh.Tashmatov delegatsiyamiz qatnashadigan sport turlari, har bir atletimiz haqida batafsil to‘xtalib o‘tdi.
Anjuman davomida OAV vakillari o‘zlarini qiziqtirgan boshqa savollariga atroflicha javob olishdi.
Fikrlar