Del Pero: U MYu uchun munosib murabbiy

  • 24 noyabr, 2021, 16:14
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Yuventus"da to‘p surgan sobiq italiyalik futbolchi Alessandro Del Pero "The Football Show"ga bergan intervyusida Zinedin Zidanni MYuga munosib murabbiy sifatida ko‘rishini ma’lum qilgan.

Tecno

"Aleks Fergyuson Manchesterdan ketganidan keyin klubga to‘g‘ri murabbiy tanlash qiyin bo‘ldi. Men MYuni juda ajoyib klub deb bilaman. Murabbiylik katta mas’uliyat talab etadi va uni uddalash oson emas. Premer-Ligada qatnashish juda maroqli. Unda g‘alaba qozonish uchun esa to‘liq potensialni ishga solish kerak, doimo birinchida bo‘lish lozim.

Menimcha, Zidan ma’lum vaqt dam oladi, chunki avval uning ham o‘zi murabbiylik qanchalik qiyin ekanligini ta’kidlagan edi. Men uni "Manchester Yunayted"ga munosib, deb bilaman", - dedi "keksa senoralar" sobiq futbolchisi.

Ma’lumot uchun, Del Pero 1993-2012 yillari oralig‘ida "Yuventus"da faoliyat ko‘rsatgan. Ayni vaqtda ishsiz bo‘lgan Zidan xizmatiga PSJ ham qiziqish bildirmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!