Del Pero: Bu haqiqiy iste’dodga ishonch

  • 11 oktabr, 2023, 20:30
  • Karim Xudayqulov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Alessandro Del Pero "Real"ning Vinisiusga bo‘lgan ishonchidan xursand. 

"Vinisius - futboldagi iqtidorning so‘nggi namunalaridan biri. "Real"dagi dastlabki ikki yil u juda yosh edi va deyarli har doim oxirgi daqiqalarda noto‘g‘ri qaror qabul qildi. U odatda kerak bo‘lmaganda dribling qilar va keraksiz pallada zarba yo‘llardi. 

Xo‘sh, "Real" nima qildi? Unga ishondi. Anchelotti braziliyalik bilan individual tarzda ko‘p ishladi. Vinisius vazifasini kamtarlik bilan bajardi va hozir u har qanday holatda o‘yin taqdirini o‘zgartira oladi. 

Bu haqiqiy iste’dodga ishonch. Murabbiylar yosh o‘yinchilarning o‘sishiga yordam berishi muhim", - dedi "Yuventus" sobiq hujumchisi. 


Tecno

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!