
De Zerbi: "Fati maydonga tushishga tayyor"
"Brayton"ni oldinda APLning 5-turidan o‘rin olgan "Manchester Yunayted"ga qarshi o‘yin kutmoqda. Mazkur to‘qnashuv oldidan uyushtirilgan matbuot anjumanida "chaykalar" ustozi Roberto De Zerbi Ansu Fati haqda gapirdi.
"Fati maydonga tushishga tayyor. U "Manchester Yunayted"ga qarshi o‘yinda debyutini amalga oshirishi mumkin. Ammo men futbolchiga katta bosim yuklamoqchi emasman", - dedi italiyalik mutaxassis.
Ma’lumot uchun, 21 yoshli vinger bir mavsumlik ijara asosida "Brayton" tarkibiga kelib qo‘shildi.
Fikrlar