De la Fuente: "Ronaldu futbol afsonasi bo‘lib qoladi"

  • 8 iyun, 17:59
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Xabaringiz bor, bugun De la Fuente boshchiligidagi Ispaniya terma jamoasi Millatlar ligasi final uchrashuvida Portugaliyaga qarshi maydonga tushadi. Ushbu bellashuvdan oldin ispaniyalik mutaxassis matbuot anjumanida ishtirok etib, raqib jamoaning sardori hisoblangan Krishtianu Ronaldu haqida o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi. 
 
Ilgari Ronaldu ham Ispaniya terma jamoasini dunyodagi eng yaxshi jamoalardan biri deb ta’riflagan edi. 
 
"Men doimo men uchun muhim bo‘lgan insonlarning e’tirofi va mehrini his qilganman va uning so‘zlarini juda qadrlayman. O‘z navbatida, unga hurmatimni izhor etmoqchiman. U futbol afsonasi va o‘yinning chin qadriyatlarini targ‘ib qiluvchi shaxsdir. U barchamiz uchun ibrat. 
 
Biz tarixda o‘chmas iz qoldirgan inson boshchilik qilayotgan Portugaliyaga qarshi o‘ynash sharafiga muyassar bo‘ldik"
- dedi Ispaniya terma jamoasi bosh murabbiyi. 
 
Eslatib o‘tamiz, bo‘lajak to‘qnashuv Toshkent vaqti bilan 00:00 da start olishi rejalashtirilgan.

Tecno

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!