
David de Xeaga badavlat klubdan ish chiqdi
“Manchester Yunayted” bilan amaldagi shartnomasi tugagan David de Xea yozgi transferlar vaqtida o‘ziga boshqa jamoa topa olmadi.
Yarim yil ishsiz yurgan darvozabon yana futbolga qaytish arafasida turibdi. Taniqli jurnalist Ekrem Konur ispaniyalik posbonga Angliya Premer-ligasining eng badavlat klublaridan hisoblangan “Nyukasl” ish berishga tayyorligini ma’lum qildi.
Manbaga ko‘ra, “qarg‘alar” tez orada 33 yoshli darvozabonga shartnoma taklif qiladi.
David de Xea ilgari “Atletiko” va “Manchester Yunayted”ning asosiy posboni bo‘lgan. Bundan tashqari uzoq muddat davomida Ispaniya terma jamoasining ham birinchi raqamli darvozaboni edi.
Fikrlar