
Darvozabon MYuni tark etmoqchi, murabbiy esa bunga qarshi!
"Manchester Yunayted"ning iqtidorli darvozaboni Din Xenderson klubni tark etmoqchi. U muntazam o‘yin amaliyotiga ega bo‘lishni istayapti.
"The Sun" nashrining xabariga ko‘ra, posbon klubdan o‘zini sotuvga qo‘yishni so‘ragan. Biroq bosh murabbiy Ralf Rangnik Xendersonni olib qolmoqchi.
David De Xeaning yaxshi formada ekanligi tufayli ingliz darvozaboni ko‘p vaqtini zahirada o‘tkazyapti, ammo Rangnik futbolchiga yana imkon berilishini aytgan.
Ma’lumot o‘rnida, 24 yoshli darvozabon mavsum avvalida koronavirus yuqtirib olgandi. Shundan so‘ng u atigi 2 o‘yinda ishtirok etdi.
Fikrlar