Dani Olmo: "Biz yana g‘alabalarni birga nishonlaymiz"

  • 7 may, 15:18
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Barselona" Chempionlar ligasi yarim finalida "Inter"ga (umumiy hisob – 6:7) mag‘lub bo‘lib, musobaqani tark etdi. Shundan so‘ng jamoa yarim himoyachisi Dani Olmo o‘z hissiyotlari bilan o‘rtoqlashdi:

Tecno

– Jamoa va muxlislar uchun faqat g‘urur va hayrat his qilyapman.

Biz "Barselona"ni uning munosib o‘rniga qaytaramiz. Biz yana birgalikda bundan zavq olamiz, yana g‘alabalarni nishonlaymiz.

Har doimgidan ham birlashgan holda, mavsum oxirigacha birga etib boramiz. – deb yozdi Olmo ijtimoiy tarmoqda.

Ma’lumot o‘rnida, Xans-Diter Flik boshchiligidagi "ko‘k-anorranglilar" navbatdagi uchrashuvini 11 may kuni "Real Madrid"ga qarshi to‘qnash keladi. Ushbu bellashuv 19:15 da start oladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!