
Daka poker qilgan bahsda "Lester" g‘alaba qozondi
Evropa Ligasi 3-turidan o‘rin olgan "Spartak" Moskva - "Lester" uchrashuvi yakuniga etdi. Mazkur o‘yinda tulkilar 4:3 hisobidagi qiyin g‘alabani qo‘lga kiritdi.
Moskvaliklar safida Sobolov dubl qayd etgan bo‘lsa, Larsson bir gol muallifiga aylandi. "Lester" tarkibida Patson Daka 4 bor raqib darvozasiga yo‘l topa oldi.
Bu ikki jamoa joy olgan "S" guruhida Angliya klubi 4 ochko bilan 2-o‘rinda bormoqda. "Spartak" safida 3 ochko bor va ular 3-o‘rinda joylashgan.
Fikrlar