
Daxshat!!! "Navbahor" sobiq murabbiyi kaltaklanib ketildi
Angliyaning “Manchester Yunayted” va “Everton” klublarining sobiq futbolchisi va “Navbaxor” jamoasining sobiq bosh murabbiyi Andrey Kanchelskis Moskva shaxridagi barlardan birida kaltaklanib ketildi.
Xabar qilinishicha, mazkur tungi barda Evro-2024 final o‘yinini tomosha qilish uchun yig‘ilganlar orasida Kanchelskis ham bo‘lgan. Bir vaqt o‘tib, muhlis bilan sodir bo‘lgan mojaro katta janjalga aylanib ketgan. Shu vaqtda atrofdagi boshqalar ham “ishkal”ga qo‘shilishgan. O‘sha pallada rossiyalik sobiq futbolchiga kimdir zarb bilan musht tushirib qolgan.
Shundan keyin unga birinchi yordam ko‘rsatilgan. Biroq, bularning oxiri Kanchelskisni kasalxonaga olib ketish bilan tugagan.
Ayni damdagi uning axvoli qanday ekanligi xaqida aniq ma’lumotlar yo‘q. Matbuotga ochiq bo‘lgan manbalar xozircha shular bo‘lib turibdi.
Fikrlar
калтакланган самуэл бабуин деб хурсанд булиб юрибман. хеч ким узбек футболини бу даражада шарманда килмаган