
Coca Cola O‘zbekiston kubogi birinchi bosqichiga qur’a tashlandi
Bugun "Bunyodkor" stadionida Coca Cola O‘zbekiston kubogi birinchi bosqichiga qur’a tashlandi. Natijalar bilan tanishing:
Oqtepa - Zomin
Neftchi - Xorazm
Turon - Sho‘rtan
Istiqlol - Dinamo
Ma’lumot uchun, ushbu bosqichda Pro liganing barcha 8 jamoasi ishtirok etadi. Ikkinchi bosqichga yo‘l olgan to‘rt jamoa yana ikki juftlik hosil qiladi. G‘oliblar Coca Cola Superliganing 14 klubiga qo‘shilib, kubokning guruh bosqichiga yo‘llanma oladi. Final Namangan shahrida bo‘lib o‘tadi.
Bellashuvlarning boshlanish vaqti tez orada rasman e’lon qilinadi.
Fikrlar