Chortoqda ham xotira turniri o‘tkazildi

  • 6 may, 2019, 21:27
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Joriy yilning 1-4-may kunlari Namangan viloyati Chortoq tumani Bolalar-o‘smirlar futbol maktabida 2007/08 yillarda tug‘ilgan bolalar o‘rtasida Chortoq futbolida o‘z o‘rniga ega bo‘lgan Abdullo Jo‘raboev va Toxir Madraximovlar xotirasiga bag‘ishlab turnir o‘tkazildi.

Tecno

Mazkur turnirda jami 13 ta jamoa ishtirok etdi. Qiziqarli va murosasix ruhda o‘tkazilgan uchrashuvlar yakunlariga ko‘ra "Savay" (Andijon), "Chuvama-siti" (Andijon), "Chinobod" (Andijon), "Paxtakor-79" (Uychi), Namangan Bolalar-o‘smirlar futbol akademiyasi va mezbon "Istiqlol" (Chortoq) jamoalari turnir sovrindorlari qatoridan joy oldi.

"Istiqlol" jamoasi a’zosi Muxammadali Alisherov turnirning eng yaxshi futbolchisi deb topildi. Ushbu turnirni tashkil qilishda Zafar Musaboev (marxum ustoz Abdullo Jo‘raboevning shogirdi), Sohib Madrahimov (Tohir Madrahimovning ukasi) xamda Chortoq tuman BO‘SM futbol murabbiylari Muxammadbobur Xamidov va Otabek Valixanovlar o‘z xissalarini qo‘shishdi.

Azizbek Abdug‘aniev.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!