
"Chig‘atoy"da Milliy terma jamoa futbolchilari ishtirokida master-klass tashkil etildi
O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi rasmiy saytining xabar berishicha bugun poytaxtimizdagi "Chig‘atoy" sport majmuasida O‘FA qoshidagi bolalar futbol maktabi tarbiyalanuvchilari uchun master-klass tashkil etildi.
Mazkur tadbirda O‘zbekiston milliy terma jamoasi a’zolari Javohir Sidiqov va Odil Hamrobekov yosh futbolchilarga mahorat darslarini o‘tab berishdi. Shuningdek, tadbirda faxriy mehmon sifatida futbolimiz afsonasi Birodar Abduraimov, milliy terma jamoamizning sobiq murabbiyi Rauf Inileev, taniqli xonanda Kozim Qayumov qatnashishdi. Tadbirni taniqli sharhlovchilar Xayrulla Hamidov va Davron Fayziev olib borishdi.
Tadbir davomida bolajonlar bilan birga futbol uchrashuvi ham o‘tkazildi. Javohir Sidiqov, Odil Hamrobekov bilan birgalikda bolajonlar bilan "Chig‘atoy"dagi futbol maktabida murabbiylik qilayotgan Zayniddin Tojiev, Hikmat Hoshimov, Eldor Magdeev kabi o‘tmishning yulduzlari ham ishtirok etishdi.
Umid qilib qolamizki, bu erda futbol bilan shug‘ullanayotgan yosh futbolchilar kelgusida terma jamoalarimiz safida xalqaro maydonlarda Vatanimiz sha’nini munosib himoya qilishadi.
Fikrlar