
Chexiyalik murabbiy "Andijon"ga qarshi o‘yindan keyin: "Oxirgi 20 daqiqa biz uchun ogohlantiruvchi bo‘ldi"
“Andijon”ning “Zbroyovka Brno” (Chexiya) klubiga qarshi uchrashuvidan so‘ng raqib jamoa bosh murabbiyi Yaroslav Xaynek “Andijon” matbuot xizmati uchun fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
“Hozirda o‘yinimiz juda yaxshi. Qulay paslar va mukammal texnikalar. Shular tufayli gollar urdik.
Lekin oxirgi 20 daqiqa biz uchun ogohlantiruvchi bo‘ldi. Biz keyingi hafta boshlanadigan asosiy o‘yinga juda yaxshi tayyorgarlik ko‘ryapmiz.
Albatta, “Andijon” yaxshi jamoa. Men bu klubga ijobiy natijalarga erishishi tilab qolaman. Shuningdek, yaxshi kayfiyat, yaxshi mavsum va albatta omad tilayman”.
Fikrlar