
Cheran "Al-Shorta"ga qarshi bahsdan so‘ng o‘z fikrlarini bildirdi
Bundan biroz avval OFK Elit Chempionlar ligasi 3-turidan o‘rin olgan "Al-Shorta" hamda "Paxtakor" jamoalari uchrashuvi yakunlandi. Afsuski, bahs 0:0 hisobida nursiz durang bilan yakunlandi.
O‘yindan so‘ng "sherlar" etakchisi Dragan Cheran Iroq klubiga qarshi bahs haqida o‘zining qisqacha fikrlarini bildirib o‘tdi.
"Bugun g‘alaba qozona olmagan bo‘lsakda ochko qo‘lga kiritdik. Endi uydagi o‘yinlarda g‘alabalarni qo‘lga kiritishimiz va keyingi bosqichga yo‘l olishimiz kerak", - dedi "Paxtakor" hujumchisi.
Fikrlar