
Cheran, Temirov, Derdiyok, Turg‘unboev - Mavsumning birinchi yarmi yakunlari
"Paxtakor" yozgi tanaffusgacha 2021 yil jami 19 uchrashuvda maydonga tushdi.
Shu o‘yinlarning 12tasida "sherlar" g‘alaba qozonib, 6 marta durang o‘ynadi. Bir safar jamoa mag‘lubiyatga uchradi. 32 marta raqib darvozasiga ishg‘ol etilib, darvozasidan 14 gol o‘tkazib yubordi. 19 o‘yindan 11 tasida "Paxtakor" darvozasi daxlsiz qoldi.
To‘purarlar ro‘yxatida Dragan Cheran 10 gol bilan etakchilik qilmoqda. U Superligada 7, Chempionlar Ligasida 2 va Superkubokda bitta gol muallifi bo‘ldi. Sherzod Temirov hamda Eren Derdiyok 4 tadan to‘p kiritdi. Jami 11 nafar futbolchi o‘z hisobiga gol yozib qo‘ydi. 32 goldan 31 tasini "Paxtakor" futbolchilari urgan, yana bir to‘p avtogol sifatida qayd etilgan.
"Paxtakor" to‘purarlari-2021
10 – Cheran
4 – Temirov, Derdiyok
3 - Turg‘unboev
2 - Rashidov, Yo‘ldoshev, Muhiddinov
1 - Sayfiev, Erkinov, Xoldorxonov, Xolmatov.
Fikrlar