
Chempionlar ligasi nizomiga o‘zgartirish kiritilishi mumkin
UEFA Chempionlar Ligasi nizomiga o‘zgartirish kiritish imkoniyati muhokama qilinmoqda.
"The Guardian" nashrining xabar berishicha, musobaqaning pley-off bosqichida qo‘shimcha bo‘limlarni bekor qilish varianti ko‘rib chiqilmoqda. Bu qadam Evropaning yuqori darajadagi jamoalari futbolchilari uchun o‘yin daqiqalarini qisqartirish imkonini beradi.
Ta’kidlash joizki, mehmonda urilgan gol qoidasi bekor qilingandan so‘ng, Chempionlar ligasi pley-off o‘yinlari, tabiiy ravishda ekstra-taymlarga o‘tadigan bo‘ldi. Ma’lumki, yirik klublar vakillari futbol jadvalining haddan tashqari zichligidan muntazam ravishda norozilik bildirmoqdalar.
Turnirlar soni ortib bormoqda, yozda 32 jamoa ishtirokida birinchi klublararo jahon chempionati o‘tkaziladi), turnirlarning o‘zi esa kengayishda davom etmoqda. Chempionlar ligasiga umumiy bosqichning ikkita turi va bitta pley-off bosqichi qo‘shildi.
Fikrlar