
"Chelsi"ning yana 2 futbolchisi "Barsa"ga o‘tishga yaqin turibdi
"Barselona" yozgi transfer oynasida himoya chizig‘ini kuchaytirmoqchi va buning uchun "Chelsi" futbolchilarini ko‘zlamoqda, deydi insayder Fabritsio Romano.
Manba bergan xabarga ko‘ra, Kataloniya klubi "aristokratlar"ning ispaniyalik himoyachilari Sezar Aspilikueta va Markos Alonsoni qo‘lga kiritish ustida ishlamoqda.
Qayd etilishicha, Alonso «Chelsi»ni tark etishga tayyor, biroq, xususan, «Barselona» bilan kelishuv moliyaviy taklif va transfer narxiga bog‘liq.
Xabar qilinishicha, Aspilikueta "Barsa"dan 2 yillik taklif olgan va kelajagini hal qilish uchun "Chelsi"ning yangi rahbariyati bilan uchrashishni kutmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq londonliklarning yana bir himoyachisi - Andreas Kristensen “Barselona” bilan shartnoma imzolagani haqida xabar berilgandi.
Fikrlar