
“Chelsi”ning uch futbolchisi “Nyukasl”ni kuchaytiradi
“Nyukasl” rahbariyati yangi jamoani shakllantirishda Angliya premer-ligasida o‘ynash tajribasiga ega o‘yinchilarga alohida e’tibor qaratmoqda.
Xususan, qishki transferlar vaqtida “qarg‘alar” Tomas Tuxel ishonch bildirishga shoshilmayotgan uch futbolchini o‘z safiga chorlamoqda.
Birinchi bo‘lib, Ross Barkli “Nyukasl” a’zosiga aylanishi kutilmoqda. Tomas Tuxel bu yarim himoyachiga etarli e’tibor qaratmayapti. Ross o‘zi maydonga tushgan o‘yinlarda yaxshi o‘ynamoqda. Qolaversa, bu yarim himoyachini olish orqali “qarg‘alar” premer-liganing eng tajribali o‘yinchilaridan biriga ega bo‘ladi.
Ikkinchi nomzod Ruben Loftus-Chikda ham xuddi shunday vaziyat. Ruben joriy mavsumda besh marta maydonga tushib, atigi 215 daqiqa o‘ynadi. Ichki raqobatda bir necha jamoadoshlariga imkoniyatni boy berayotgan yarim himoyachi “Nyukasl”da muntazam o‘yin vaqtiga ega bo‘ladi.
Hakim Ziesh faoliyatida yana o‘zgarish bo‘lishi kutilmoqda. “Ayaks” etakchisi bo‘lgan marokashlik futbolchi “Chelsi”da o‘z “noni”ni ayirib olayotgani yo‘q. Tomas Tuxel ham afrikalik yigitga ishonch bildirmayapt. “Nyukasl”da Ziesh yangi qirralarini namoyish qilish imkoniga ega bo‘ladi.
Fikrlar